18:17 / 23.06.2016
13868

Ilonlar o‘yini asoschi kuniga 100 ming dollar foyda ko‘rmoqda

Amerikalik dasturchi Stiven Xaus o‘zining ommabop Slither.io o‘yini tufayli  kuniga 100 ming dollar daromad olmoqda. Bu haqida The Wall Street Journal xabar beradi.

Nashr qayd etishicha, uch oy avval Xausning ovqat uchun puli bo‘lmagan. 25 mart kuni o‘yin iOS va Android qurilmalari uchun ishlab chiqarildi va o‘sha paytdan beri 68 million martadan ortiq yuklab olingan. Shunday qilib, u o‘yinni yanada rivojlantirish bilan shug‘ullanmagan, uni virusli effekt qutqarib qolgan. 

Xausda hozir yangi muammolar paydo bo‘lgan: dasturchi server to‘lib ketgan holatga duch keldi. Agar to‘lgan serverga yangi o‘yinchi qo‘shilsa, barcha qolgan foydalanuvchilar ulanolmay qolishadi. Ayni damda Xaus xosting uchun oyiga 15 ming dollar to‘laydi. 
Shuningdek, o‘yin asoschisi Slither.io  yaratilganidan buyon qancha mablag‘ ishlaganini sir tutmoqda.     
 

Top