13:45 / 23.06.2016
11357

Hindiston Bosh vaziri ShHT Sammitida ishtirok etish uchun Toshkentga tashrif buyurdi

Hindiston Respublikasi Bosh vaziri Narendra Modi Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining Toshkentda o‘tadigan navbatdagi majlisida kuzatuvchi sifatida ishtirok etish uchun 23 iyun kuni O‘zbekistonga tashrif buyurdi. Bu haqda “O‘zA” xabar bermoqda. 

Toshkent xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Shavkat Mirziyoyev kutib oldi.

ShHT sammiti O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida o‘tadi. Unda ShHT faoliyatini me'yoriy-huquqiy jihatdan mustahkamlash, tashkilotga a'zo davlatlar o‘rtasida siyosiy, iqtisodiy, madaniy-gumanitar hamkorlik, mintaqaviy xavfsizlik bilan bog‘liq va tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalarni muhokama qilish rejalashtirilgan.

Foto: «Jahon» AA

Top