11:25 / 23.06.2016
4973

Hindiston shimolidagi chaqmoqlar sabab ikki kun ichida halok bo‘lganlar soni 128 kishiga yetdi

Hindistonning shimoli va shimoli-sharqiy qismidagi kuchli jala va chaqmoqlar oqibatida jabrlanganlar soni 138 kishiga yetdi. Ularning ayrimlari cho‘kib ketgan bo‘lsa, ko‘pchilik odamlar qulagan daraxtlar va uylar ostida qolib ketgan.

“Noqulay kelgan ob-havo 200 nafardan ziyod kishining hayotiga xavf soldi”, - deb xabar qilmoqda Hindiston tabiiy ofatlarni bartaraf etish milliy boshqarmasi. “Bixar shtatida chaqmoq urishi oqibatida halok bo‘lganlar soni so‘nggi ikki kun ichida kamida 72 nafarni tashkil etmoqda. Qurbonlardan uch nafarini yosh bolalar tashkil etadi, - deyiladi ma'lumotda. – Uttar-Pradesh shtatida esa 56 kishi chaqmoq urishidan halok bo‘lgan. Xuddi shu sabab Jarkxand shtatida 10 kishi hayot bilan vidolashgan”.

Shuningdek, boshqarmaning ma'lum qilishicha, boshqa shtatlarda tabiiy ofat oqibatida yuzaga kelgan xavf tufayli halok bo‘lganlar soni 80 nafardan oshadi, kamida 30 kishi jarohatlangan. 900 gektarga yaqin qishloq xo‘jaligi maydoni zarar ko‘rgan.

Top