13:48 / 23.06.2016
4307

OAV: Afg‘onistonda "Tolibon" harakatining 50 nafar jangarisi taslim bo‘ldi

Afg‘oniston shimoli-g‘arbida joylashgan Faryob viloyatidagi "Tolibon" harakatining 50 nafar jangarisi hukumatga taslim bo‘ldi, deb xabar qilmoqda Sinxua agentligi.

"Ular 22 iyun kuni Davlatobod tumani hududida xavfsizlik kuchlariga taslim bo‘lgan", - deb bayonot bergan Afg‘on armiyasi vakili. 

Bundan avvalroq, Juzjon viloyatida 115 nafar tolibon jangarilari qurollarini tashlab, taslim bo‘lgani xabar qilingan edi. 

Hozircha, "Tolibon" harakati ushbu xabar bo‘yicha bayonot berganicha yo‘q.

Top