09:46 / 24.06.2016
2906

Filippin yaqinida Indoneziyaning 7 nafar dengizchisi asir olindi

Indoneziya tashqi ishlar vaziri Retno Marsudiyning bayonot berishicha, mamlakatning 7 nafar dengizchi fuqarosi Filippin janubidagi Sulu dengizida garovga olingan, deb xabar qilmoqda Reuters agentligi. 

«Biz Indoneziya kemasi ekipaj a'zolarini o‘g‘irlab ketish hodisasini tasdiqlovchi ma'lumotlarni qo‘lga kiritdik», — degan vazir. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, bir necha qurolli guruhlar dengizchilarni garovga olgan. Bunda Marsudiyning qayd etishicha, ekipajning 13 a'zosidan 6 nafari qo‘yib yuborilgan. 

Ushbu hodisa, Indoneziya, Filippin va Malayziya hukumatlari, noharbiy dengizchilar xavfsizligini ta'minlash uchun hamkorlikda muvofiqlashtirilgan patrulliklarni o‘tkazishga kelishib olganlaridan so‘ng, sodir bo‘lmoqda.

Top