15:00 / 24.06.2016
6018

Xitoylik qiz ikkita bo‘yra va qo‘lbola belgi yordamida avtoturargoh barpo etib oldi

Xitoyda shaxsi ma'lum qilinmayotgan ayol o‘zi uchun avtoturargoh yaratib olgani aniqlangan. Mashina yonida turgan avtomobil videoregistratori yordamida olingan videoni People's Daily portali e'lon qilgan.

Ayol mashinasiga kelib, biroz oldinga yurgan, so‘ngra mashinasidan chiqib, yoniga oq chiziqlar yuritilgan kulrangdagi ikkita bo‘yrachani o‘rab avtomobiliga solgan. Shundan keyin, yo‘l chetidagi ustundan R harfi tushirilgan soxta belgini ham olib, yo‘lida davom etgan.

Top