21:34 / 24.06.2016
4407

NASA Hubble teleskopining ishini yana 5 yilga uzaytirdi

AQShning NASA koinot agentligi Hubble koinot teleskopining ishini yana 5 yilga uzaytirdi. Bu haqda NASA matbuot xizmati ma'lum qildi. Agentlik universitetlar uyushmasiga kuzatuvlarni qo‘llab-quvvatlash uchun astronomik tadqiqotlarga 196,3 mln dollar ajratdi. 

Uzaytiriladigan davr 1 iyulda boshlanib, 2021 yil 30 iyunda tugaydi. Shartnoma Koinot teleskopi instituti doirasida ilmiy dasturlarni davom ettirish, grantlar berish, ma'lumotlarni arxivlashni qo‘llab-quvvatlashni ko‘zda tutadi. 

Tarixdagi eng katta orbital teleskop 1990 yilda ko‘p marotabalik shattl kemasi yordamida koinotga chiqarilgan. O‘shandan beri teleskopga uni ta'mirlash uchun bir necha marotaba boshqariluvchi ekspeditsiyalar jo‘natilgan. Teleskopni ta'mirlash uchun shattlning bunday missiyalaridan biri 2009 yilda bo‘lib o‘tgan.

Teleskop oynasi diametri 2,4 metrga, teleskopning uzunligi 13,3 metrga teng. Teleskop orbitada 26 yillik faoliyati davomida ko‘plab astronomik kashfiyotlar qilgan, shu jumladan galaktikalar markazlarida o‘ta og‘ir qora tuynuklar mavjudligi gipotezasini tasdiqlagan Xabbl doimiysi qiymatini aniqlashtirdi.

Top