14:39 / 24.06.2016
3310

Oltinko‘l tumanida "Kamolot" YoIHning navbatdagi konferensiyasi bo‘lib o‘tdi

Tumandagi muhtasham madaniyat uyi binosi shu kuni vatanparvar, qalbi qaynoq, ilmli va shu kun nafasi bilan yashayotgan yoshlar bilan gavjum bo‘ldi. San'at koshonasi foyesida yosh iqtidor egalari ijod mahsullaridan tashkil etilgan ko‘rgazma tadbirga bayramona kayfiyat berdi.

Anjuman davomida delegatlar Harakatning tuman Kengashi tomonidan 2,5 yil davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobot tingladilar. Mazkur vaqt oralig‘ida olib borilgan ishlar videorolik sifatida ham yig‘ilganlarga namoyish etib berildi. Shundan so‘ng so‘z olgan “Kamolot” YoIH viloyat Kengashi raisi Elyorbek Abduqodirov tumandagi yoshlar tashkilotining faoliyatiga ijobiy baho berib o‘tdi. Konferentsiyada tuman Kengashi raisligiga nomzod Gulnoza Satimova delegatlar tomonidan bir ovozdan lavozimga saylandi.

Mashvarat yakunida “Kamolot” YoIH faoliyatini olib borishda doimiy amaliy yordam ko‘rsatib kelayotgan hamkor tashkilotlarga tuman Kengashining tashakkurnomalari topshirildi.

Elmurod ERMATOV, Andijon

Top