08:21 / 24.06.2016
4392

Shveytsariyalik talabalar eng tezkor elektromobil yaratishdi

Shveytsariyalik talabalar dunyodagi eng tezkor elektromobilni yig‘ishdi. Grimsel deb nomlanuvchi (Byorn Alplaridagi mashhur dovon sharafiga) mashina 100 km/soat tezlikka 1,513 soniyada (avvalgi rekord sohibidan 0,2 soniya tezroq) erishadi. Bu haqda Engadget ma'lum qildi.

Bu yutuq kuchli motor va avtomobilning maksimal yengillashtirilgan korpusining uyg‘unligi bilan tushuntiriladi: mashinaning korpusi bor-yo‘g‘i 167 kg ni tashkil qiladi. Mashina yaratuvchilari hozircha xalqaro musobaqalarda ishtirok etishni rejalashtirmayaptilar.

Top