20:32 / 25.06.2016
4913

"Ash-Shabob" jangarilari Somali poytaxti markazidagi mehmonxonaga bostirib kirdi

"Ash-Shabob" terrorchilik tashkiloti jangarilari Somali poytaxti Mogadisho markazida joylashgan Nasahablood mehmonxonasiga bostirib kirishdi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi. 

"Avval terrorchi-hudkush portlovchi moddani portlatgan, so‘ngra jangarilar mehmonxonaga bostirib kirgan. Ayni vaqtda ular ichkarida bo‘lib, ular bilan otishma olib borilmoqda", deb ma'lum qildi mahalliy politsiya xodimi.

Ayni vaqtda qurbonlar va jabrlanganlar haqida ma'lumot yo‘q.

2016 yil iyun boshida jangarilar Mogadishodagi mehmonxonaga hujum qilgandi.

Foto:  AP

Top