Erkaklar ayollarga nisbatan o‘rtacha besh yilga kam yashashadi. Shu bois erkaklar sog‘lig‘iga katta e'tibor qaratish va uni keng muhokama qilish zarur. Statistikaga ko‘ra, 5 nafar erkakdan bittasi yil mobaynida birorta tibbiy tekshiruvdan o‘tmaydi. Shuni unutmangki, kasalni davolagandan ko‘ra, uning oldini olgan yaxshiroq. O‘z vaqtida shifkorga murojaat qilish sog‘ayib ketish imkoniyatlarini oshiradi. Quyida har yili butun dunyo bo‘ylab yuzlab erkaklarning o‘limiga sabab bo‘luvchi eng xavfli kasallik va uni yuzaga keltiruvchi omillar haqida so‘z yuritamiz. Sog‘lig‘ingiz uchun o‘z vaqtida qayg‘uring va ayanchli statistika qatorini to‘ldirmang.

Birinchi raqamli ommaviy qotil
Yurak-qon tomir kasalliklaridan vafot etuvchilar soni saratonning barcha turlarini qo‘shganda vafot etadigan kishilar sonidan ham ko‘p. Dunyo bo‘ylab har yili 325 000 erkak kishi yurak kasalliklari tufayli hayotdan ko‘z yumadi, bu esa ushbu kasallikni katta yoshlilar orasida o‘limga olib keluvchi eng xavfli kasallik sifatida qayd etilishiga sabab bo‘ladi. Agar statistikaga nazar tashlaydigan bo‘lsak, 4 nafar erkakdan bittasi shu kasallikdan jon beradi. Shu bois turmush tarzingizga tanqidiy ko‘z bilan qarab, kerak bo‘lsa, unga o‘zgartirishlar kiriting.

Chekish
Chekish yurakka juda salbiy ta'sir ko‘rsatadi va yurak-qon tomir kasalliklarini keltirib chiqaruvchi asosiy omil hisoblanadi. Chekuvchi erkaklarda chekmaydiganlarga nisbatan stenokadiya va miokard xuruji kasalliklari 2 barobar, yurakning ishemik kasalligi 2,2 barobar, to‘satdan o‘lim ehtimoli esa 4,9 barobar ko‘proq uchraydi.

Semizlik
Ortiqcha vazn hech kimga zeb bermaslik bilan birga yurak-qon tomir tizimi faoliyatini buzadi. Semizlikning eng xavfli turi - bu vistseral (yoki qorin) yog‘i, u ateroskleroz va yuqori tromb hosil bo‘lishiga olib keladi. Yodingizda bo‘lsin sog‘lom erkaklar uchun maksimal bel aylanasi o‘lchami 102 santimetr bo‘lishi kerak. Agar sizning parametrlaringiz chegaradan chiqqanini sezsangiz, ularni me'yorga keltirishga kirishing.

Harakatsizlik








