Benzinli dvigatellar erasi yakunlanayotgani haqida hech kim tortishuvga bormasa kerak. Yaqin kelajakda yo‘llarda elektromobillar paydo bo‘lishi ham hech kimga sir bo‘lmay qoldi. Xorijda ular soni oshib bormoqda. Yirik avto ishlab chiqaruvchi kompaniyalar o‘zlarining elektromobillarini taqdim etishga ulgurishdi. Ularning 15 tasini 2020 yilda foydalanishga topshirilishi kutilgan.

Tesla Model 3

Yaqinda Tesla kompaniyasi Model 3 ni taqdim etdi. U ilk ommaviy va arzon  elektromobil bo‘ldi. Model 3 ni ishlab chiqarish 2017 yilning oxiridan boshlanadi. Mashina 35 ming dollar bo‘lishi kutilmoqda. Bunday narxda hali elektromobil chiqarilmagan.

Tesla Roadster

Elon Mask 2019 yilda Roadster modelini chiqarishni rejalashtirmoqda. Yangi avtomobil haqida hech qanday yangilik yo‘q. Uning tezlik uchun chiqarilayotgani ayon xolos. Elon Maskning aytishicha, u yuz kilometrli tezlikka uch soniya ichida chiqa oladi.

Chevrolet Bolt EV

General Motors o‘zining ilk elektromobili Chevrolet Bolt EV deb nomlangan modelini taqdim etdi. Avtomobil sotuvga 2016 yilning so‘ngida chiqariladi. U bir quvvatlanish bilan 300 km masofani bosa oladi. Uning narxi 30 ming dollar atrofida bo‘ladi.

Audi Quattro E

Audi 2018 yilga kelib o‘zining ilk elektromobil yo‘ltanlamasini chiqaradi. Yangi mashina Quattro’ning klassik konsepsiyasi asosida yasalgan. Unda uchta motor bo‘ladi, bir quvvatlanish bilan 400 km masofani bosib o‘tadi.

Porsche Mission E Concept

Porsche ham o‘z elektromobilini namoyish etdi. U 2020 yilga kelib seriali ishlab chiqarila boshlaydi.  Kompaniya anonsida keltirilishicha, Mission E Concept 15 daqiqa ichida 80 foiz miqdorda quvvatlanadi. Bir quvvatlanish bilan 400 km.dan ziyod masofani bosib o‘tadi. Bundan tashqari, u juda tez bo‘lib yuz km.li tezlikka uch soniyada erishadi.