11:38 / 25.06.2016
6830

Islandiya aholisi so‘nggi 20 yilda birinchi marta yangi prezidentni saylaydi

Islandiya prezidenti lavozimini 1996 yildan beri ilk marotaba yangi siyosatchi egallaydi. 25 iyun kuni bu mamlakatda prezidentlik saylovi bo‘lib o‘tadi. May oyidayoq, Muzliklar mamlakatida obro‘li siyosatchi, 73-yoshli Olavur Ragnar Grimsson, oliy davlat lavozimi uchun munosib nomzodlar paydo bo‘lgani sabab, oltinchi marta o‘z nomzodini ilgari surishdan qaytarib olgan edi. 

So‘nggi ijtimoiy so‘rovlarga ko‘ra, tarixchi Gudni Yoxannesson saylovchilar orasida yetakchilik qilmoqda. Uning nomzodini so‘ralganlarning 44,6 foizi ma'qullashgan. Ikkinchi o‘rinda tadbirkor ayol Xalla Toumasdottir bormoqda. Uni, qo‘llayotganlar soni oxirgi haftada 12,6 foizdan 18,6 foizgacha ko‘tarilgan. 

Bulardan tashqari, mamlakatning sobiq bosh vaziri, "Morgunbladid" gazetasi bosh muharriri David Oddsson hamda yozuvchi va atrof-muhit himoyachisi bo‘lgan ayol Andri Snayra Magnason ham o‘z nomzodini ilgari surgan. Ularga, tegishli ravishda 16 va 15,9 foiz saylovchilari ishonch bildirishlari mumkin. Boshqa nomzodlar esa, ijtimoiy so‘rovlarda 3 foizdan ko‘p ovoz to‘play olmagan.

 

foto:Google image

Top