21:24 / 26.06.2016
11159

Dunyodagi eng xunuk it aniqlandi

Kaliforniyada 2016 yildagi dunyoning eng xunuk itini aniqlashdi.

Tanlov g‘olibi deb 17 yoshli Svi Pi laqabli xitoy kuchukchasi topildi. Uning bukilgan panjasi va yarasi bor.  Bundan tashqari, itning tili tashqariga chiqib turadi, shuningdek, u doim tagliklar kiyib yurishga majbur. Badbashara g‘olib 15 raqibini yengib o‘tdi. 

Qayd etilishicha, har yili o‘tkaziladigan bu tanlovning hakamlari eng yomon tashqi ko‘rinish, terining xunuk rangi hamda boshqa irsiy va orttirilgan kasalliklarga e'tibor qaratadi.

Top