14:04 / 26.06.2016
5647

Iroq harbiylari Al-Fallujani IShIDdan to‘la ozod etgani haqida e'lon qildi

Iroq harbiy qo‘mondonligi Al-Falluja shahrining IShID jangarilaridan butunlay qaytarib olingani haqida ma'lum qildi. Bu haqda shaharni ozod etishda ishtirok etgan bo‘linmadagi manbasiga asoslangan holda AR xabar tarqatgan.

Anbar viloyati hududidagi Al-Falluja shahri 2014 yilda IShIDning Iroq hududida egallagan ilk shahri bo‘lgandi.

Iroq bosh vaziri Haydar al-Abadi 23 may kuni ushbu shaharni ozod etish maqsadida yurish boshlangani haqida ma'lum qilgandi. Iroq armiyasi AQSh boshchiligidagi koalitsiya samolyotlari hamrohligida harbiy amaliyotlarga kirishdi.

Bu shahar Iroq poytaxti Bag‘dod shahridan 65 km g‘arbda joylashgan bo‘lib, IShID bu shaharni mamlakatning turli shaharlarida terakt sodir etish uchun platsdarmga aylantirgandi.

Top