00:48 / 26.06.2016
7753

Merkel Buyuk Britaniyani Yevropa Ittifoqidan chiqishga shoshmaslikka chaqirmoqda

Germaniya kansleri Angela Merkel Buyuk Britaniyaning referendumdan keyin Yevropa Ittifoqidan chiqishga shoshmaslikka chaqirmoqda.

"To‘g‘risini aytganda, bu yillar bo‘yi davom etmasligi kerak, biroq men maksimal qisqa muddatlarda kurashmagan bo‘lardim", deb aytdi.

Merkel Britaniya bilan muzokaralar vaqtida "yaxshi muhit" bo‘lishiga umid qilishini ta'kidlab o‘tdi va YeI vakillarini "qasos olmaslikka" chaqirdi.

Avvalroq AQSh prezidenti Barak Obama Merkel bilan Britaniyaning YeIdagi kelgusi taqdiri bo‘yicha o‘tkazilgan referendum natijalarini muhokama qilgani ma'lum qilingandi.

Top