19:10 / 26.06.2016
3750

Sitsiliya bo‘g‘ozida 1,5 mingga yaqin muhojir qutqarib qolindi

Italiyaning janubiy sohillarini Afrikaning shimoliy sohillaridan ajratib turuvchi Sitsiliya bo‘g‘ozida 1,4 mingdan ko‘proq muhojir qutqarib qolindi. Bu haqda ANSA axborot agentligi xabar bermoqda. 

Ma'lum qilinishicha, muhojirlar 8 ta shishirilgan kema va bir qayiqda bo‘lgan. Muhojirlarni qutqarish bo‘yicha operatsiyada Italiya sohilbo‘yi qo‘riqlash xizmatining katerlari, Italiya harbiy-dengiz kuchlari va Yevropaning Frontex agentligi kemalari ishtirok etdi. 

ANSA’ning ma'lum qilishicha, bir necha ming qutqarilgan muhojir Italiyaning turli portlari: 1,3 ming kishi Brindiziga, 665 kishi Sitsiliyadagi Messinaga va 800 kishi Kalyariga yetkazilgan.

Top