09:31 / 26.06.2016
6511

Suv toshqini yonayotgan uyni oqizib ketdi

AQShning G‘arbiy Virjiniya shtatidagi toshqin kamida 20 kishining halok bo‘lishiga sabab bo‘ldi.

Yarim millionga yaqin odam elektr ta'minotisiz qolib qetdi. 44ta okrugda favqulodda vaziyat e'lon qilindi. Toshqinning biri yong‘inlar bilan birga kechdi.

Shunday yong‘inlardan birida alanga ichida qolgan uy kuchli oqim bilan oqib ketdi.

Mahalliy aholi vakillaridan biri uy joyidan qo‘porilib, oqim bilan sekin-asta oqib ketayotganini videoga olgan.

Top