02:07 / 27.06.2016
8975

Yevro-2016. Azar - Monstr! Belgiya chorak finalga yo‘l oldi

Hozirgina Tuluzada Yevropa chempionatining navbatdagi chorak finalchisi aniqlandi. Vengriya hamda Belgiya terma jamoalari o‘yinida belgiyaliklar 4:0 hisobida g‘alaba qozonishdi. Avvaliga Tobi Alderveyreld hisobni ochdi. Eden Azar, Mishi Batshuayi va Yanik Ferero Karaskolar ham bittadan golga mualliflik qilishdi.

Belgiya chorak finalda Uelsga qarshi bahs olib boradi.

Yevro-2016. 1/8 Final.
Vengriya – Belgiya 0:4
Gollar:
Alderveyreld (10), Batshuayi (78), Azar (79), Ferreyra Karrasko (90).
Vengriya: Kiray, Yuxas (Bede, 80), Kadar, Lang, Guzmich, Nad, Pinter (Nikolich, 75), Djudjak, Lovrenchich, Gera (Elek, 46), Salai.
Belgiya: Kurtua, Alderveyreld, Vertongen, Mene, Vermalen, Nainggolan, Vittsel, Azar (Fellayni, 81), de Bryuyne, Mertens (Ferreyra Karrasko, 70), Lukaku (Batshuayi, 76).
Ogohlantirishlar: Kadar (34), Lang (47), Elek (61), Vermalen (67), Batshuayi (89), Salai (90), Fellayni (90).

Top