16:56 / 27.06.2016
6333

Hindistonlik a'lochi savolga noto‘g‘ri javob bergani uchun hibsga olindi

Hindistonda ixtisoslashtirilgan predmet nomini to‘g‘ri ifodalay olmagani uchun a'lochi o‘quvchini hibsga olishdi. Bu haqda The Guardian nashri yozmoqda.

Politsiyaning Bixar shtatidan bo‘lgan 17 yoshli Rubi Royga bo‘lgan shubhasi u hind telekanallaridan biriga bergan intervyusidan so‘ng paydo bo‘ldi. Qizcha political science so‘zini to‘g‘ri talaffuz qila olmagan va uni “kulinariyaga oid atama”, deya e'tirof etgan.

Intervyu katta shov-shuvga sabab bo‘ldi va Rubi qayta topshirish imtihonidan o‘tkazildi. Qizchaga vazifa etib XVI-XVII asrlarda yashagan hind shoiri va faylasufi Tulsidas hayoti va ijodi haqda esse yozish topshirildi. Rubi Roy esseda «Tulsidas ji, pranam» («HurmatliTulsidas, salom») degan so‘zlarni ishlatgan. Ana shundan  kishini hibsga olgan.

 

foto:Getty Images

 

Top