00:13 / 27.06.2016
4186

Manba: Isroil va Turkiya aloqalarni normallashtirish haqida kelishib oldi

Isroil va Turkiya aloqalarni normallashtirish haqida kelishuvga erishdi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi. Bu haqda yuqori lavozimdagi isroillik amaldor ma'lum qilgan. 

Turkiya tashqi ishlar vazirligi hozircha bu borada hech qanday bayonot bermagan.

Ikki davlat o‘rtasidagi aloqalarning tiklanishi haqida rasman 27 iyunda e'lon qilinishi kutilmoqda.

Aprelda Turkiya tashqi ishlar vazirligida Turkiya va Isroil munosabatlarni normallashtirishda sezilarli taraqqiyotga erishganlari ma'lum qilingandi. 

Isroil va Turkiya o‘tmishda strategik hamkorlar bo‘lgan, biroq ular o‘rtasidagi munosabatlar 2010 yilda isroillik dengiz piyoda askarlari Falastinni qo‘llab-quvvatlagan 10 turkni o‘ldirganliklaridan keyin yomonlashgan.

Top