19:23 / 27.06.2016
5930

Wi-Fi, GPS, Bluetooth, 3G/4G LTE va WiGig uchun yagona antenna 

Britaniyaning texnologik startapi Smart Antenna Technology tomonidan ishlab chiqilgan noutbuklar antennasi Wi-Fi, GPS, Bluetooth, 3G/4G LTE va WiGig (60 GGts) kabi simsiz ulanish standartlarini qo‘llab-quvvatlaydi. Shunday qilib, Birmingem Universiteti olimlari ishlab chiqqan antenna, 5ta turli xil vazifani bajaruvchi antennalarni bittasiga almashtirish imkonini beradi. 

Bu esa, o‘z navbatida noutbukdagi tor hudud muammosini birmuncha ijobiy hal etadi. 

Endilikda, Multi-Input-Multi-Output («ko‘psonli kirish va ko‘psonli chiqish») antennasi yuklash tezligini oshirish barobarida batareya quvvati muddatini uzaytirish imkonini ham beradi. 

Bundan tashqari, yagona detal bo‘lgan yangi antenna hajm va xarajatlarni ham qisqartiradi. 

Ayni vaqtda, Smart Antenna Technology startapi Sony bilan kompaniyaning Texnologik markazida ushbu antennani ishlab chiqarish borasida muzokaralar olib bormoqda.

Top