12:53 / 28.06.2016
10400

Yong‘in sabab Megaplanet savdo-ko‘ngilochar markazi bir kunga yopildi

28 iyun kuni Toshkentda joylashgan Mega Planet savdo-ko‘ngilochar markazida yong‘in chiqdi.

Markaz xodimlarining "Gazeta.uz"ga xabar qilishicha, to‘rtinchi qavatdagi umumiy ovqatlanish shoxobchalaridan birining oshxonasida yong‘in kelib chiqqan.
Ko‘rilgan tezkor choralar sharofati bilan yong‘in zudlikda bartaraf etilgan, hech kim jabrlanmagan.

Sodir bo‘lgan hodisa munosabati bilan majmua tashrif buyuruvchilar uchun bir kunga bekitilib, tozalik kuni o‘tkazilishi haqidagi e'lon osib qo‘yildi. Xodimlar yuqori qavatdagi yong‘in va uni o‘chirishdan qolgan asoratlarni tozalamoqda.

Foto: Gazeta.uz

Top