00:21 / 28.06.2016
11480

G‘arblik mutaxassislar Telegram’dan foydalanmaslikka chaqirishmoqda

Xavfsizlik sohasidagi nufuzli g‘arblik mutaxassislar Telegram messenjerini muloqotning xavfsiz turidan anchagina yiroq deb hisoblashmoqda. Bu haqda Gizmodo xabar bermoqda

Mutaxassislardan biri – Fuqarolar erkinliklari Amerika ittifoqi bosh texnologi Kristofer Sogoyan Telegram WhatsApp’dan farqli o‘laroq, xabarlarni so‘zsiz shifrlamasligini va buni faqatgina maxfiy chatlarda amalga oshirishini aytdi. Mutaxassis messenjerning muqobillari orasida eng himoyalangani deb atalishi uni yaratgan dasturchilarning so‘zsiz shifrlash zarurligini inkor qilishiga xalaqit bermasligiga hayron ekanligini aytgan.

Mutaxassis Alan Vudvord esa messenjer xavfsizligi bo‘yicha hanuzgacha shubha uyg‘otuvchi Mtproto shifrlash bayonnomasini qo‘llashini qo‘shimcha qildi. Jons Xopkins universitetidagi kriptografiya professori Metyu Grin Telegram shifrlash bayonnomasi shunchaki "uydirma" ekanini, chunki uning algoritmi noma'lum, kriptograflar esa odatda uni oshkor qilishmaydi.

Barcha so‘ralgan mutaxassilar xavfsizlik uchun boshqa messenjerdan foydalanish ma'qulroq degan fikrni bildirishgan.

Top