11:40 / 28.06.2016
3868

Ispaniyalik muxlislar del Boskeni terma jamoa bosh murabbiyi sifatida ko‘rishni istashmayapti

Ispaniya terma jamoasi muxlislari Yevropa chempionati nimchorak finalida Italiyaga uchralgan mag‘lubiyatdan keyin Visente del Boskeni milliy terma jamoa boshqaruvida ko‘rishni istashmayapti. Muxlislar "Qizil furiya"ning JCh-2014 va Euro-2016 turnirlaridagi muvaffaqiyatsizligida aynan ushbu mutaxassisni bosh aybdor sifatida ko‘rishmoqda.

Marca nashri shu bo‘yicha so‘rovnoma o‘tkazgan. Uning natijalariga ko‘ra, respondentlarning 94,05 foizi del Boskening iste'foga chiqarilishini istaydi, faqat 5,95 foiz kishi 65 yoshli ushbu murabbiyni qo‘llab-quvvatlashini bildirgan.

Nashr muxlislardan Ispaniya terma jamoasiga keyingi bosh murabbiy kim bo‘lishi xususida ham so‘rovnoma tashkil etgan. Unga ko‘ra terma jamoa boshqaruviga kelishi mumkin bo‘lgan nomzodlar ichida "Rayo Valekano" bilan Ispaniya chempionatida quyi ligaga tushib ketgan, biroz oldin "Granada"ga bosh murabbiy sifatida tayinlangan Pako Xemes (28,18 foiz) yetakchilik qilmoqda.

Nomzodlar qatorida "Atletik" murabbiyi Ernesto Valverde (15,92 foiz) va "Vilyarreal" ustozi Marselino Garsiya Toral (12,01 foiz) nomlari ham bor.

Manba: Tribuna.uz

Top