15:41 / 28.06.2016
6305

London meri Brexit'dan keyin poytaxt uchun ko‘proq muxtoriyat talab qildi

London meri Sodiq Xon Buyuk Britaniyaning YeIdan chiqishiga doir referendumidan so‘ng poytaxtga iqtisodiy manfaatlar uchun ko‘proq muxtoriyat berish zarurati haqida ma'lum qildi. Bu haqda shahar meriyasining rasmiy saytida xabar berilgan. 

"Men hozirning o‘zidayoq londonliklar nomidan poytaxt uchun ko‘proq muxtoriyat talab qilaman. London iqtisodiyotini kelajakdagi beqarorlikdan himoya qilish, bu yerda ishlovchi butun dunyo kompaniyalarini himoya qilish, ish o‘rinlari va farovonlikni saqlab qolish uchun ko‘proq muxtoriyat kerak", - deyiladi merning murojaatida.

Shu bilan birga u gap shaharning to‘liq mustaqilligi haqida bormayotganini ta'kidlab o‘tdi. 

23 iyun kuni bo‘lib o‘tgan referendumda Buyuk Britaniya YeI tarkibidan chiqishga ovoz berdi. Shundan so‘ng mamlakatning Yevroittifoqda qolishi tarafdori bo‘lgan Britaniya bosh vaziri Devid Kemeron iste'foga chiqishi haqida e'lon qildi. 
 

 

Foto: REUTERS

Mavzuga oid
Top