08:30 / 28.06.2016
6129

Volkswagen ekologik qoidabuzarliklar uchun 15 mlrd dollar sarflaydi

G‘arb OAV Volkswagen kompaniyasi va AQSh hukumati "dizel mojarosi" bo‘yicha kelishuvga erishganlaridan xabar topdilar. Kelishuvga ko‘ra, nemis avtokonserni ekologik me'yorlarni buzganlik uchun 14,7 mlrd dollar to‘lashi kerak. 

VW 10 mlrd dollarni ta'mirlashga yoki AQShda sotilgan, ekologik sinovlarni chetlab o‘tishga dasturlashtirilgan 475 mingta mashinani sotib olishga sarflaydi. Bundan tashqari, kompaniya "nosoz" mashinalar egalariga 10 ming dollardan to‘laydi.

Associated Press axborot agentligining ta'kidlashicha,  Volkswagen va AQSh hukumati o‘rtasida kelishuv ayni vaqtda San-Frantsisko federal sudida ko‘rilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, VW atrofidagi mojaro o‘tgan yil sentabrda AQSh atrof-muhitni muhofaza qilish agentligi kompaniyani zararli gazlarning atrof-muhitga chiqarilishi bo‘yicha sinovlar natijalarini qalbakilashtirishda ayblagandan keyin avj oldi.

 

foto:Google image

Top