23:03 / 29.06.2016
5211

Bill Geyts qizil skuterlar bilan OITSga qarshi kurashishni taklif qildi

Microsoft korporatsiyasining rahbari Bill Geyts OITS bilan kurashishga qaratilgan loyiha uchun mablag‘ ajratdi. Loyihani amalga oshirish doirasida Vespa (RED) skuterining maxsus seriyasi yaratiladi va sotuvdan tushgan mablag‘ning bir qismi kasallikka qarshi kurashishga sarflanadi. The Rider Magazine xabar berishicha,  g‘oya mualliflari —  Piaggio Group va Product Red kompaniyalari vakillari.

Skuterlar qizil rangda ishlangan bo‘lib, ular shu yilning so‘ngida sotuvga chiqadi. Bunday motorollerlar Yevropa, Osiyo va AQShda sotiladi. 

Ma'lumot uchun: Vespa (italyan tilidan — «ari») motorollerlari 1946 yildan beri Italiyaning Piaggio konserni tomonidan ishlab chiqariladi. Ular dunyodagi eng mashhur skuter brendi hisoblanadi. 2012 yilda bu transport vositasining ishqibozlari o‘zlarining maxsus ijtimoiy tarmoqlarini yaratishgan. 

Top