08:54 / 29.06.2016
5106

Yevropa ligasining 2014/15 yilgi mavsumi finalchisi bo‘lgan «Dnepr» jamoasi o‘z faoliyatini to‘xtatdi

O‘zbekistonlik futbolchi Vitaliy Denisovning yulduzli onlari o‘tgan Ukrainaning «Dnepr» klubi o‘z faoliyatini to‘xtatadi. Klub xo‘jayini Igor Kolomoyskiy klubning qarzlarini to‘lashdan bosh tortgan. Bu haqda Fcdnipro.com sayti xabar tarqatdi

Dneprga «Privat» guruhi klublaridan birini («Volyn» yoki «Neftyanika») ko‘chirish yoki yangi klub tashkil etish variantlari ko‘rib chiqilmoqda.

UPLda (Ukraina premer-ligasi) bu jamoaning o‘rnini «Cherkasskiy Dnepr» klubi egallaydi.

Xabarda aytilishicha, «Dnepr» xodimlari homiy topishga va klubni ikkinchi ligada qaytadan tiklashga umid qilishmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 2014/15 yilgi mavsumda «Dnepr» Yevropa Ligasi finalida o‘ynagan va «Sevilya»ga mag‘lub bo‘lgan edi.

Top