23:17 / 29.06.2016
3615

Garet Beyl: «Britaniya jamoalaridan Uelsning Yevropa chempionatida qolishi, ajoyib muvaffaqiyat»

Uels terma jamoasining yarim himoyachisi Garet Yueyl Yevro-2016 chempionatining ¼ final bosqichida Belgiya bilan bo‘ladigan o‘yin oldidan o‘z fikrlarini bildirdi.

«Biz xursandmiz. Hozir porlashda bizning navbatimiz. Biz – Britaniya jamoalari orasidan Yevroda qolgan so‘ngisimiz va bu ajoyib muvaffaqiyat.
Shimoliy Irlandiya ustidan qozongan g‘alabamiz juda xunuk ish bo‘ldi. Ammo g‘alabada bizning ruhiyatimiz va xarakterimiz o‘z ifodasini topdi. Biz Britaniya bayrog‘ini ko‘tarishdan mamnunmiz.

Belgiya ustidan g‘alaba qozonish, jamoamiz uchun burilish nuqtasi bo‘ladi va biz ishonch bilan olg‘a yurishda davom etamiz. Chunki doim o‘z kuchimizga ishonganmiz», – dedi Beyl.

Manba: Tribuna.Uz

Top