12:35 / 29.06.2016
5514

Qozog‘iston parlamenti shimoliy Kaspiy dengizi tubini o‘zlashtirishga oid qonun hujjatlariga o‘zgartirish kiritdi

Qozog‘iston parlamenti yuqori palatasi - Senati, RF va Qozog‘iston o‘rtasida Kaspiy dengizi tubini o‘zlashtirish chegaralariga oydinlik kirituvchi shartnomaga qo‘shimcha kiritishni tasdiqladi. Senatning xalqaro aloqalar, mudofaa va xavfsizlik bo‘yicha qo‘mitasining xulosasiga ko‘ra, hujjat "Kaspiy dengizi tubini o‘zlashtirishda ikki tomon faoliyatining huquqiy asoslarini takomillashtiradi. 

Kiritilayotgan qo‘shimchalarda, "Markaziy" geologik hududidan foydalanish huquqini taqdim etish, soliqqa tortish va to‘lovlarni joriy qilishga oydinlik kiritilgan. Xususan, Rossiya va Qozog‘iston hamkorligida tashkil etiladigan korxona qonunda belgilangan tartibda 25 yilgacha imtiyozga ega bo‘ladi. Bunda imtiyozli soliq davri 7 yilni tashkil etadi. 

"Markaziy" koni Kaspiy dengizining shimoliy qismida Rossiya sektorida joylashgan. U, Oqtov shahridan 150 km janubi-g‘arbda, Astraxandan 440 km uzoqlikda joylashgan. Dengiz chuqurligi 350-500 metrni tashkil etadi. 

 

foto:Gogle image

Top