15:18 / 29.06.2016
9264

Toyota kompaniyasi ucharmashinaga propeller o‘rnatdi

Yaponiyaning Toyota avtokonserni uchar mashinaning o‘zgartirilmagani dizayni uchun AQSh patentini qo‘lga kiritdi. Istiqbolli loyihaning asosiy jihati  yig‘iluvchi qanotlaridir. 

Patent uchun ariza 2014 yili topshirilganiga qaramay, endi e'lon qilinmoqda. Yangi suratlar eskilaridan, «aerokar»ga o‘rnatilgan propeller bilan farqlanadi. 

Yaponiya kompaniyasi shunga o‘xshash modelni o‘tgan yilning sentabr oyida ham ro‘yxatdan o‘tkazgan edi. Yangi uchar avtomobil kuzoviga shakliga o‘zgarishlar kiritilgan. Xususan, kapot uzaytirilgan, orqa g‘ildiraklar arkasi yopilgan. 

Mashinaning uchish konsepsiyasi o‘sha-o‘shaligicha qolgan. Qanotlar avtomobilning kuzoviga yoxud yontomoniga yig‘iladi. Haydovchi birgina knopkani bosish bilan parvoz qilish tartibiga o‘tishi mumkin. Uchish tugagach, qanotlar yana yig‘iladi va avtomobil o‘z yo‘lida davom etadi. 

Hozircha, Toyota "aerokari"ning sinovlari qachon boshlanishi ma'lum emas. Ayni vaqtda, zamonaviy uchuvchi mashinalar sifatida Slovakiyaning AeroMobil, Germaniyaning ikki fyuzelyajli Carplane hamda Amerikaning Terrafugia kompaniyasining Transition va TF-X loyihalari mashhurdir. 

Mavzuga oid
Top