01:28 / 30.06.2016
5778

Belgiya terma jamoasi murabbiyi: "Beylga alohida o‘yinchi biriktirib qo‘ymayman, ular ortidan jamoaviy tarzda kuzatamiz"

Belgiya terma jamoasi bosh murabbiyi Mark Vilmots Yevro-2016 chorakfinali bo‘yicha raqibi Uelsni juda yaxshi bilishini aytdi.

"Uelsni yaxshi bilamiz. Bu jamoa juda o‘sdi, uning tarkibida ikki nafar yuqori darajadagi o‘yinchi: Remzi va Beyl bor.

Saralash bosqichida biz individual xato tufayli mag‘lubiyatga uchragandik. Biroq, boshqa tomondan, bizda o‘yinda ko‘plab imkoniyatlar bo‘lgandi.

Beyl erkin rassom rolini o‘ynaydi, u istalgan joyda – qanotlar va hujum markazida paydo bo‘ladi. Biroq men unga alohida o‘yinchi biriktirib qo‘ymayman, ular ortidan jamoaviy tarzda kuzatamiz", deb aytdi Vilmots.

Manba: Tribuna.Uz

Top