23:26 / 30.06.2016
8733

Istanbulda o‘zini portlatganlardan birining uyidan Dog‘iston propiskasi bor pasport topildi

Turkiya maxsus xizmatlari 29 iyunga o‘tar kechasi Istanbuldagi Otaturk aeroportida o‘zini portlatganlardan birining shaxsini aniqladi. Bu haqda Bi-bi-si xabar tarqatgan.

Ma'lum bo‘lishicha, terrorchilardan birining Istanbuldagi uyidan topilgan pasportga ko‘ra, u dog‘istonlik.

Qayd etilishicha, ushbu shaxs bir oy muqaddam Turkiyaga kelgandi.

Bundan oldinroq, terakt ijrochilari orasida Rossiya fuqarosi borligi haqida xabar qilindi.

Top