Jahondagi professional bokschilardan biri amerikalik og‘ir vaznli afsonaviy bokschi Mayk Tayson bugun 50 yoshni qarshiladi. Tayson ismi anchadan beri boks olami ramziga aylangan. Boksni umuman tushunmaydigan, tomosha qilmaydigan insondan qaysi bokschini bilasiz, deb so‘rashsa, u ikkilanmay Mayk Tayson nomini tilga oladi.

Odamlar Taysonni barchasiga o‘z mehnati orqasidan erishgani uchun hurmat qilishadi. U otasiz o‘sdi, uydan chiqib ketganida xali yosh bola edi. Onasi unga doim ham e'tibor beravermasdi, shu bois Mayk yoshligidanoq barchasiga o‘zi erishishga intildi.

Yosh jinoyatchilarni o‘qitadigan maxsus maktabda ta'lim olib yurgan kezlarida jismoniy tarbiya o‘qituvchisi sabab boks bilan yaqindan tanishdi. Maykdagi erta uyg‘ongan bokschilik iste'dodi uni murabbiy Kas d'Amato bilan tanishtirdi. Murabbiy undan mashhur bokschi paydo qildi.

U katta ringdagi birinchi uchrashuvini birinchi raundidayoq g‘alaba qozondi. Shu tariqa iste'doni tinimsiz oshirib bordi va 1986 yilda, ya'ni 21 yoshida superog‘ir vazn toifasida eng yosh jahon chempioni bo‘ldi. O‘shanda u Trevor Berbikni ikkinchi raunddayoq texnik mag‘lubiyatga uchratgan edi.

Mayk Tayson jurnalist va fotomuxbirlar diqqat markazida. Iyul, 2012 yil.

Mayk Tayson Piter Makniliga qarshi jangda. Avgust, 1995 yil.

Kevin Makbraydga qarshi. Iyun 2005 yil. 

Brayn Nilsenning nokdaunga uchrashi. Oktyabr 2001 yil.

Piter Maknili bilan o‘tgan jangdan keyin, promouter Don King bilan birga. Avgust, 1995 yil.

Denni Uilyams bilan jang vaqtida. Iyul, 2004 yil.