Jahon | 13:46 / 30.06.2016
11864
1 daqiqa o‘qiladi

OAV: Istanbul teraktlarini chechenistonlik terrorchilar uyushtirgan bo‘lishi mumkin

Turkiyaning Ataturk xalqaro aeroportida amalga oshirilgan qo‘poruvchiliklarni Checheniston respublikasidan IShID tarkibiga qo‘shilgan jangarilar sodir etgan bo‘lishi mumkin, deb xabar qilmoqda Amerikaning CBS telekanali sayti.

Terror xuruji oqibatida, 42 nafar odam halok bo‘lgan. Ulardan 3 nafari o‘zlarini portlatib yuborgan terrorchilardir. Turkiyaning 28 fuqarosi, 5 nafar Saudiya Arabistoni fuqarosi, Iroq va O‘zbekistondan ikki kishi, Tunis, Xitoy, Eron, Ukraina va Iordaniyadan bir kishidan halok bo‘lgan. Yana ikki kishining fuqaroligi va shaxsiyati aniqlanmagan. 
 

Mavzuga oid