10:21 / 30.06.2016
9702

Pentagon Rossiya kemasining avianosets qarshisidagi harakatlariga oydinlik kiritdi

Rossiyaning «Yaroslav Mudryy» harbiy qo‘riqchi kemasi, Amerikaning «Harri Trumen» aviatashuvchisiga xalaqit qilishga uringanidan so‘ng, «Greyvli» esminetsi unga yaqinlashgan. Bu haqda, Defense News Pentagondagi manbasiga tayangan holda xabar qilmoqda.
 
Manbaning uqdirishicha, Rossiya harbiy kemasi bilan bog‘liq hodisa bir soatlar davom etgan. Bunda, Rossiya HDK kemasi avianosetsni kuzatib borayotgan  esminetsga juda yaqinlashib, uning manyovrni amalga oshirishiga xalaqit qilgan. 

Shundan so‘ng, «Greyvli» komandiri Ellis Embroz «Yaroslav Mudryy» ataylab «Trumen»ga to‘siq bo‘lmoqchi degan taxmin bilan esminetsni qo‘riqchi kema va aviatashuvchi o‘rtasida paydo qiluvchi harakatni amalga oshirgan. 

Rossiya kemasi, manbaning so‘zlariga ko‘ra, «Greyvli»ga juda yaqin xavfli  masofada yaqinlashgan. Qo‘riqchi kema komandiri esa, o‘zini noprofessionallarcha tutgan. 

Xususan, u radio orqali Amerika esminetsi komandiridan xavfsiz masofaga rioya etishni so‘rab, «Yaroslav Mudryy» harakati cheklanib qolganini anglatuvchi bayroqni machtaga chiqargan. Shunga ko‘ra, «Greyvli» yo‘nalishni o‘zgartirib, tezlikni oshirgach, «Yaroslav Mudryy» ham ayni ishni takrorlagan. 

 

Foto: You Tube

Mavzuga oid
Top