18:46 / 30.06.2016
15912

Yupiterda juda kuchli qutb yog‘dusi kuzatildi

Astronomlar NASAning kosmik teleskoplari yordamida Quyosh tizimidagi eng yirik sayyora - Yupiterdagi qutb yog‘dusini suratga olishga muvaffaq bo‘lishdi, deb xabar qilmoqda Amerikaning NASA agentligi matbuot xizmati. 

Xabarlarga ko‘ra, Yupiter qutb yog‘dusi avvallari ham kuzatilgan, ammo bu safar olimlar, kuzatuvlar tarixidagi eng yorqin yog‘duga guvoh bo‘lishgan. Quyosh shamolining quvvatlangan zarralari sayyoraning magnit maydonlaridagi atmosferaga tushganda ushbu tabiat hodisasi ro‘y beradi. 

Sayyorani o‘rganish maqsadida uchirilgan NASA Juno kosmik zondi Yupiterga yaqinlashganda kuzatuvlar amalga oshirilgan. 

«Ta'bir joiz bo‘lsa, Yupiter Junoning kelishini salyutlar bilan kutib oldi deyish mumkin», — deya hazil-mutoyiba qilgan Lester universiteti xodimi Jonatan Nikols. 

Hubble teleskopi ham Yupiter atmosferasidagi zarra qadar o‘zgarishlarni qayd etish uchun tinimsiz kuzatuvlar olib bormoqda. 
 

Mavzuga oid
Top