AQSh boshchiligidagi koalitsiya IShIDning 200 avtomobilini yo‘q qildi
AQSh boshchiligidagi koalitsiya Iroqning Al-Falluja shahrida IShIDning karvoniga aviazarbalar berdi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.
Bu haqda matbuot-anjumanida Oq uy rasmiy vakili Josh Ernest ma'lum qildi.
Bombardimonlar oqibatida 200 dan ko‘proq avtomobil yo‘q qilingan. Shu tariqa Iroq harbiylariga bu hududlarning jangarilar tomonidan bosib olinishiga urinishning oldini olishda yordam ko‘rsatildi.
Koalitsiyaning ikki uchuvchisi 29 iyunda Al-Fallujadan kelayotgan ikkita uzun karvonni payqashgan va ularga zarbalar berishgan.
Ernestning aytishicha, bir karvonda 150 dan ko‘proq, ikkinchisida esa 50 dan ko‘proq avtomobil yo‘q qilingan.
Avvalroq iroqlik harbiy qo‘mondon Al-Fallujadagi bir oylik operatsiya davomida 2,5 mingga yaqin jangari yo‘q qilinganini ma'lum qilgandi.