17:34 / 01.07.2016
4642

«Barselona» Neymar bilan bilan muzokaralarni yakunladi

«Barselona» jamoa hujumchisi Neymar bilan shartnomani uzaytirdi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda.

Manbada aytilishicha, yangi kelishuv 2021 yilga qadar mo‘ljallangan. Shartnomada Neymarni sotib olmoqchi bo‘lgan jamoalar uchun uning transfer narxi ham keltirilgan. Unga ko‘ra Neymarni birinchi yilda 200 million, ikkinchi yildan 222 million, uchinchi yildan 250 million yevroga sotib olishlari mumkin.

Neymarga «MYu», «Manchester Siti», «PSJ» va «Real» jamoalari jiddiy qiziqish bildirishayotgan edi.

Bundan oldinroq Neymar «Barselona»da qolishini e'lon qilgandi.

Manba: Tribuna.uz

Top