Fan-texnika | 11:54 / 01.07.2016
44507
1 daqiqa o‘qiladi

Britaniyalik ixtirochi "hamma tomonga yo‘naluvchi" avtomobil g‘ildiraklarini yaratdi

Britaniyalik Vilyam Liddiard mashinaga istalgan yo‘nalishda harakatlanish imkonini beruvchi avtomobil g‘ildiraklarini yaratdi. Toyota Echo kupe bazasida prototip ishini namoyish qiluvchi videotasma ixtirochining YouTube kanalida taqdim etildi.

Liddiardning ta'kidlashicha, u kashf qilgan yangi g‘ildiraklarini o‘rnatish uchun hech qanday maxsus modernizatsiya talab etilmaydi. Britaniyalik ixtirochi g‘ildirak har qanday yo‘l va ob-havo sharoitlariga to‘g‘ri kelishini, shuningdek u standart g‘ildiraklardagi asosiy xususiyatlarga ega ekanligini ma'lum qildi. 

"Hamma tomonga yo‘naluvchi" g‘ildiraklar texnologiyasiga doir ma'lumotlar sir tutilmoqda. Videodagi avtomobil maxsus drayv bilan ta'minlanganligi ko‘rsatilgan.

Britaniyalik ixtirochi uning kashfiyoti kelajakda ommaviy yirik kompaniya bilan hamkorlik qilishiga umid bildirmoqda.


 

Mavzuga oid