01:02 / 01.07.2016
5400

XVJ Brexit tufayli jabr ko‘rgan barcha mamlakatlarga yordam ko‘rsatishga tayyor

Xalqaro valyuta jamg‘armasi o‘tgan haftada o‘tkazilgan Buyuk Britaniyaning Yevropa Ittifoqini tark etishi bo‘yicha referendum natijalaridan keyin moliyaviy barqarorlashtirish jarayonida faol ishtirok etmoqda. Bu haqda fond vakili Jyerri Raysga asoslanib, RIA Novosti xabar tarqatgan.

"Biz moliyaviy barqarorlashuv jarayoniga qo‘shilamiz va fondga a'zo bo‘lgan, Brexit tufayli jabr ko‘rgan barcha mamlakatlarga zarur yordamlarni ko‘rsatishga tayyormiz. Men aynan qaysi mamlakatlar bilan qanday muzokaralar bo‘lib o‘tayotganini aniq ayta olmayman. Lekin barchasi tartib bilan ketmoqda", degan u.

Bundan oldinroq, XVJ rahbari Kristin Lagard moliyaviy bozor Brexit oqibatlarini yetarlicha baholay olmagani haqida aytib o‘tgandi.

Top