Jahon | 11:30 / 01.07.2016
3318
1 daqiqa o‘qiladi

Italiya BMT Xavfsizlik Kengashining doimiy bo‘lmagan a'zosi sifatida ish boshlaydi

BMT Bosh Assambleyasida Italiya tashkilot Xavfsizlik Kengashining doimiy bo‘lmagan a'zosi sifatida 2017 yilning 1 yanvaridan ish boshlashi haqida ma'lumot berildi. Mamlakat ovoz berish jarayonida mamlakat Bosh Assambleyadagi 193 ta davlatning uchdan ikki ovozini to‘plashga muvaffaq bo‘lgan.

Undan oldin BMT Bosh Assambleyasining 70-sessiyasi raisi Mogens Lyukketoft G‘arb davlatlari guruhi uni Italiyaning bu boradagi raqibi bo‘lmish Niderlandiya o‘z nomzodini olib tashlagani haqida yozma xabardor etishginini ma'lum qilgan edi.

Italiya va Niderlandiya tashqi ishlar vazirlari Paolo Jyentiloni va Bert Kunders har ikki mamlakat bir xil – 95 foiz ovoz yig‘ishganini e'lon qildi. “Jyentlmencha kelishuv”ga muvofiq Italiya Xavfsizlik Kenashining doimiy bo‘lmagan a'zosi sifatida 2017 yildan boshlab ish yuritadigan bo‘ldi.