14:56 / 01.07.2016
4314

«Manchester Siti» Nolitoning transferini e'lon qildi

«Manchester Siti» klubi «Selta»dan Nolitoni transfer qilganini tasdiqladi.

«Shaharliklar» klubi rasmiy saytida ma'lum qilinishicha, ispaniyalik 29 yoshli futbolchi bilan 4 yillik shartnoma imzolangan.

Nolitoning transferi qiymati 13,8 mln funt (16,5 mln yevro) bo‘ldi. Aynan shuncha miqdor uning «Selta» bilan shartnomasida tovon puli sifatida ko‘rsatilgandi.

Futbolchi yangi jamoasida yiliga 4 mln yevro maosh oladi.

O‘tgan mavsumda Nolito Ispaniya chempionatining 29 o‘yinida maydonga tushib, 12 gol urgan va 7ta golli uzatma muallifi bo‘lgan.

Manba: Tribuna.uz

Top