07:09 / 01.07.2016
7855

Tailandda protez oyoqli birinchi fil namoyish qilindi

Tailand shifoxonasida bir oyog‘i yo‘q nogiron fil uchun haqiqiy oyoq harakatlarini qaytaruvchi protez yaratildi. Bu protezning birinchi egasi Mosha laqabli fil bo‘ldi, deb xabar bermoqda ABC News.

Telekanal ma'lumotlariga ko‘ra, Mosha 7 oylik bo‘lgandayoq Myanma bilan chegarada bombaga tushib qolgan va oqibatda old chap oyog‘idan mahrum bo‘lgan. O‘shandan beri fil o‘sgani sari uning sog‘lig‘i bilan muammolar paydo bo‘la boshlagan. Vaznning noto‘g‘ri taqsimlanishi tufayli filning bo‘g‘imlari va umurtqasi og‘rigan.

Tabiat qo‘riqchilari Moshaga muvozanatni saqlashi uchun yog‘och va plastmassa konstruksiyalar yasatib berishgan, biroq ular filga to‘laqonli hayot kechirishga imkon bermasdi.

Top