10:00 / 01.07.2016
6451

Jizzaxda UMSga qarashli yangi ofis ochildi

UMS (Universal Mobile Systems) mobil operatori shu yilning 30 iyun kuni Jizzax shahrining markazida joylashgan yangi sotuvlar va xizmat ko‘rsatish ofisini ochdi. 
UMS o‘zining strategik rejalarini, hususan O‘zbekiston bo‘ylab kompaniyaga qarashli sotuvlar va xizmat ko‘rsatish ofislari tarmog‘ini rivojlantirish bo‘yicha ishlarni amalga oshirishni davom etmoqda. Kompaniya o‘z oldiga qo‘ygan talablarga mos aloqa operatori bo‘lish maqsadi sari intilar ekan mijozlar uchun maksimal qulay sharoitlarni yaratmoqda. Axir har bir amaldagi yoki tarmoqqa ulanishi mumkin bo‘lgan abonent barcha mobil aloqa xizmatlarini o‘zi uchun qulay bo‘lgan joyda olishi muhim. Bunday qulaylikni yaratish uchun mobil operator o‘z front-ofislarini shahar yoki tumanlarning gavjum qismlarida, savdo shahobchalari, qo‘ngilochar komplekslar va jamoat ovqatlanish joylari yaqinida joylashtiradi.

Har bir yangi ofisning ochilishi – bu kompaniya uchun haqiqiy bayram, shuning uchun UMS boshqalar bilan quvonch va a'lo kayfiyatni baham ko‘rishga intiladi. Bu safar ham shunday bo‘ldi. Bayramona ruhda kompaniyaning Jizzaxdagi ofisi mijozlar uchun o‘z eshiklarini ochdi. Sh.Rashidov nomini olgan markaziy ko‘chada qad rostlagan “Zebo” savdo markazi hududida joylashgan ofis har kuni soat 09:00dan 20:00gacha, tushlikka tanaffuslarsiz va dam olish kunlarisiz abonentlarga xizmat ko‘rsatadi. 

Yangi salonda abonentlar UMS tarmog‘iga ulanishlari, SIM-karta almashtirishlari, Internet-to‘plamlar xarid qilishlari, tarif tanlashlari, ko‘shimcha xizmatlarni yoqishlari, alohida toifadagi raqamlarni xaqi qismlarga bo‘lib to‘lanadigan qilib olishlari, harajatlar detalizatsiyasiga buyurtma berishlari, shuningdek mobil aloqaning barcha masalalari bo‘yicha maslahat va yordam olishlari mumkin. 

«UMS mobil operatori nafaqat zamonaviy aloqa xizmatlarini taqdim etishga, balki xizmat ko‘rsatish sifati va darajasini yanada oshirishga katta e'tibor qaratib kelmoqda. Xizmatlarimizga qiziqishi bo‘lgan mijozlar uchun yanada yaqin bo‘lganimizdan hursandmiz va umid qilamizki, ofisimizdagi qulay muhit va sifatli xizmat qo‘rsatish abonentlarning eng yuqori baxolariga ega bo‘ladi. Kompaniya keyinchalik ham o‘ziga qarashli ofislar tarmog‘ini rivojlantirish hamda tijoriy vakillar sonini yanada ko‘paytirish ustida ish olib boradi», - deya izoh berdi UMSning sotuvlar va xizmat ko‘rsatish bo‘yicha direktori Yuriy Svechnikov.

Kompaniyaning o‘ziga qarashli ofislari manzillarining to‘liq ro‘yxati bilan qo‘yidagi xavola orqali tanishib chiqish mumkin -  http://ums.uz/uz/support/9863

Top