23:21 / 02.07.2016
4577

AQShdagi yirik YTH oqibatida besh kishi halok bo‘ldi

AQSh janubi-sharqida avtobus va yuye mashinasi to‘qnashib ketishi oqibatida besh kishi halok bo‘ldi, 25 kishi esa jarohatlandi. Bu haqda WCTV telekanali xabar qilmoqda.

Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, yuk mashinasi qizil chiroqdan o‘tib ketgan avtobusga kelib urilgan. Shundan so‘ng mashina yonib ketgan.

Jorjiya shtatidan kelayotgan avtobusda gaitilik mehnat muhojirlari ketayotgan bo‘lgan. Bu haqda mahalliy hokimiyat vakili ma'lum qilgan. Avtobus ichida jami 30 nafar kishi bo‘lgan.

Top