20:33 / 02.07.2016
86786

SAFIA shirinliklar dunyosi - yuqori sifat, betakror ta'm va hamyonbop narxlar uyg‘unligi

Ba'zida issiq taomlar tanovulidan so‘ng mazali, ko‘nglimiz yoqimli ta'mga ega pishiriqlar yeyishni tusab qoladi. Ana shunday vaqtda oila a'zolar yoki do‘stlar bilan shinam go‘shaga borib, hordiq chiqarishga va issiq choy yoki qahva bilan shirinliklar yeyishga nima yetsin. Originallik, yuqori sifat va xizmatni birinchi o‘ringa qo‘yuvchilar uchun SAFIA qandolat uyi yaxshi tanlov bo‘la oladi. 

SAFIA qandolat uyi - bu shunchaki qandolat mahsulotlari sotiladigan maskan emas. SAFIA - betakror ta'm, o‘zgacha ijodiy yondashuvga ega yetakchi shirinliklar dunyosidir. 

Mo‘jazgina kafelarni jamlagan qandolat uyi mehmonlarni quyidagi qulayliklar bilan o‘ziga rom etadi: bejirim interer, yoqimli tarona, hidi dimoqni qitiqlovchi shirinliklar, muloyim xodimlar va eng muhimi, hamyonbop narxlar. Mahoratli qandolatchilar har kuni mahsulotlarga yangilik kiritishga harakat qilishadi. Bu yerda barcha mijozlarni samimiy tabassum bilan qarshi olishadi. Har bir istak e'tibordan chetda qolmaydi. Yana bir e'tiborli jihat - kafeda hech qanday xizmat ko‘rsatish haqi (obsluga) olinmaydi.

Vitrinada ko‘zni qamashtirib yuboruvchi shirinliklarni ko‘rib, qaysi birini ta'tib ko‘rishni bilmay qolasiz. Bu holatda esa muloyim sotuvchi-maslahatsilar darrov yordamga keladi. Bu yerda istalgan turdagi pishiriqlar turini topish mumkin: mevali piroglar, bize, makarunlar, kruassan, somsa, pitssa, rasstegay, balish, tartaletkalar, nemischa non, kapkeyk, kekslar va bir-biridan chiroyli tortlar. Shuningdek, qo‘ziqorinli sho‘rva, sendvich, chuchvara, salatlar kabi yengil taomlardan ham ta'tib ko‘rsangiz bo‘ladi. 

Yaqinlashib kelayotgan Hayit ayyomi arafasida chak-chak, bo‘g‘irsoq, qush tili kabi pishiriqlarga buyurtma berishingiz mumkin.

Bekzod Samigjonov, boshqaruvchi direktor:

Qandolat uyi mazkur biznes asoschisining nabirasi sharafiga ochilgan. Biz 10 yil davomida o‘z xizmat va mahsulotlarimizni xalqqa namoyish etib kelmoqdamiz va mijozlar orasida katta e'tibor qozondik. Birinchi navbatda  biz sifat, xizmat va hamyonbop narxlarga ahamiyat beramiz. Mijozlarga shinam muhit, yoqimli taronalar, sifatli mahsulotlarning keng turlarini taqdim etamiz.  SAFIA’ning barcha xodimlari o‘z ishiga kuchli ishtiyoq va chin dildan yondoshadi.

Marala, sotuvchi-maslahatchi:

Biz uchun mijozlar talab va istagi birinchi o‘rinda turadi. Agar kimdir tushkun holatda kelsa, o‘sha inson albatta yaxshi kayfiyat va ko‘tarinki ruh bilan kafeni tark etadi. Mahsulotlar sifati barchani mamnun qiladi. Bu yerda yosh bolajonlar uchun ham maxsus shirinliklar bor. Birinchi marta tashrif buyuruvchi mehmonlar bizning doimiy mijozimizga aylanishadi. Bu esa - biz uchun katta yutuq.

Agarda sizda ham betakror ta'mdan bahramand bo‘lish istagi tug‘ilgan bo‘lsa,  yaqinlaringizni ushbu maskanga taklif qiling. Ishonavering, siz tanlovda adashmaysiz! 

Hozirda shahrimizda to‘rtta SAFIA qandolat uyi xizmat qiladi. 

SAFIA qandolat uyi №1

Manzil: Buyuk Ipak Yuli ko‘chasi, 250 (Lunacharskiy markazi)
Mo‘ljal: Gulshan istirohat bog‘i
Telefon: 265-47-73

Filial № 2:

Manzil: Yunusobod tumani, Osiyo ko‘chasi, 4a 
Mo‘ljal:  «Minor» metro bekati
Telefon: 234-76-93 

Filial № 3:

Manzil: Hamid Olimjon maydoni
Mo‘ljal: "Escada" magazini.
Telefon: 237-05-08

Filial № 4:

Manzil: Megaplanet savdo markazi (1 qavat)
Telefon: 205-11-02

E-mail: info@safiabakery.uz
Facebook: https://www.facebook.com/Safia.uz
Instagram: https://instagram.com/safia_uz
Sayt:  http://safiabakery.uz

Maqolani SAFIA qandolat uyining doimiy mijozi Feruza Avazova tayyorladi

Reklama huquqi asosida

Top