Ilm-fan rivojlanib borayotgan hozirgi davrda har bir inson kelajakka nazar tashlab ko‘rgisi keladi. Barcha nazariya va qarashlar ko‘pincha bizning tasavvurimizdan-da yorqinroq bo‘lib chiqadi.
Mana shunday g‘oyalardan ba'zilari bizni juda ham qiziqtirib qo‘ydi. Ehtimol, aynan shular kelajakda o‘z aksini topar.
Sayohatlar uchun mukammal avialayner

Erik Elmas shaffof ustunli ekologik toza va shovqinsiz dirijablni modellashtirdi, unda parvoz qila turib, cho‘milish va toblanish mumkin bo‘ladi.
Suvdagi ekopolis

Suv sathining o‘sishiga doir muhim savolga Vensan Kalleboning Liliped suzuvchi eko-shahri javob bo‘ldi. Mukammal shahar 50 kishini o‘zida sig‘dira oladi, qayta tiklanadigan energiya manbalarida (shamol, quyosh nuri va boshqa shunga o‘xshash manbalar) ishlaydi.

Bu kemada barcha uchun ish o‘rinlari, savdo zonalari, dam olish maydonlari ko‘zlab qo‘yilgan. Bu tabiat bilan uyg‘unlikda yashashning eng yaxshi usullaridan biridir.
Uchuvchi bog‘lar

Ko‘plab insonlar sog‘lom va musaffo sayyora haqida orzu qilishadi, bu shunga yaqqol misol bo‘la oladi. Havoda suzish va bog‘dorchilik - Vensan Kalleboning yana bir loyihasidagi kalit so‘zlar. Uning bo‘lg‘usi ixtirosi - «Gidrogenaza» - osmono‘par bino, dirijabl, bioreaktor va osma bog‘larning o‘ziga xos gibridi.
Bumerang

Kemalar uchun o‘ziga xos mobil porti bo‘lib, ko‘plab ko‘ngilochar o‘yin-kulgilarga boy kurortlarning o‘rnini bosishi mumkin. Buni shaxsiy energiya manbaiga ega haqiqiy orol desa bo‘ladi.

















