12:19 / 03.07.2016
7728

Xitoy bahsli hududda o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazmoqda

Xitoy Janubiy Xitoy dengizining bahsli hududida o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazmoqda. Bu haqda dengiz xavfsizligi boshqarmasi ma'muriyati xabariga ko‘ra, Reuters ma'lum qilmoqda.
Ma'lum qilinishicha, mazkur hudud bo‘yicha Xitoy bilan Vetnam, Filippin, Malayziya, Bruney va Tayvan bahs olib boradi.
O‘quv mashg‘ulotlari 5-11 iyul kunlari bo‘lib o‘tadi. Ayni shu vaqt oralig‘ida boshqa kemalarning bu yerga kirishi qat'iy taqiqlangan.

Arxiv foto. ntv.ru

Top